Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eron TIV: "Amerikaliklar nafaqat bizga, balki diplomatiyaga ham xiyonat qildi"

Eron TIV: "Amerikaliklar nafaqat bizga, balki diplomatiyaga ham xiyonat qildi"

Tehron ishonch yo‘qolgani sababli Vashington bilan hech narsani muhokama qilish niyatida emas. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi "France24" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Yo‘q, biz amerikaliklarga ishonmaymiz. Ular nafaqat bizga, balki diplomatiyaga ham xiyonat qilishdi. Ular bizga hujum qilgan paytda biz muzokaralar jarayonida edik. Bu tajovuzkor urushni biz boshlamadik", — deya "RIA Novosti" uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan AQShning xatti-harakatlari muloqotni izdan chiqardi va uni davom ettirishni imkonsiz qilib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:41 06.03.2026. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!