Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Tehron belgilagan yo‘nalishdan tashqarida harakatlanuvchi kemalar xavf ostida ekanidan ogohlantirdi

Eron Tehron belgilagan yo‘nalishdan tashqarida harakatlanuvchi kemalar xavf ostida ekanidan ogohlantirdi

Eron tomoni Hormuz bo‘g‘ozida belgilangan qoidalarni buzib, Tehron tomonidan belgilangan yo‘nalishdan tashqarida harakatlanayotgan kemalar xavf ostida ekanini ma’lum qildi.

Tasnim axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i va «Xotam al-Anbiya» Markaziy shtabi qo‘mondoni Ali Abdullohiy bayonot bergan.

«Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) kuchlari Fors ko‘rfazi sohillari, orollar va Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilmoqda. Ushbu hududdagi barcha faoliyat qat’iy nazorat ostida», — dedi u.

Abdullohiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Hormuz bo‘g‘ozi ochiq ekani haqida bayonot berayotganiga qaramay, ushbu strategik suv yo‘li to‘liq yopilgan va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazoratida qolmoqda.

«Eron armiyasi Oman ko‘rfazining ochiq suv hududlari va sohillarini to‘liq nazorat qiladi hamda qo‘riqlaydi. Biz mintaqadagi dushmanning barcha harakatlarini kuzatib boramiz va qoidalarni buzuvchi kemalarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Har qanday sababga ko‘ra Eron tomonidan belgilangan yo‘nalish va ko‘rsatmalarga amal qilmasdan harakatlanishga uringan kema o‘z xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi», — deya qo‘shimcha qildi Abdullohiy.

Avvalroq Eron tomoni Hormuz bo‘g‘ozida neft tashuvchi tankerlar dengiz minalariga duch kelib, portlaganini bildirgan edi. Biroq Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining Dengiz savdo qatnovini muvofiqlashtirish markazi (UKMTO) kemalarga kelib chiqqan zararga sabab bo‘lgan narsalar aniqlanmagan snaryadlar ekanini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!