Agar mintaqaviy mamlakatlardagi AQSh harbiy bazalari Eronga qarshi hujumlar uchun ishlatilsa, Islom Respublikasi uchun qonuniy nishonga aylanadi.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi ma’lum qildi.
"Biz mintaqaviy mamlakatlarni agar AQSh bazalari Eronga qarshi tajovuzda ishlatilsa, ular bizning qonuniy nishonlarimizga aylanishi haqida ogohlantirdik", dedi u.
Arag‘chi Eronning javobi mintaqaviy mamlakatlar hududlariga emas, balki AQSh bazalariga qaratilganligini ta’kidladi: "Shu nuqtai nazardan, biz Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqdamiz.
Mintaqadagi ko‘plab davlatlar o‘z havo maydonlari va hududlaridan Eronga qarshi foydalanishga qarshi chiqishdi, ammo afsuski, AQSh bu imkoniyatlardan bizga qarshi foydalandi".