Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Rossiya va Xitoy bilan yaqin aloqada

Eron Rossiya va Xitoy bilan yaqin aloqada

Eron o‘zining strategik hamkorlari bo‘lgan Rossiya va Xitoy bilan yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda. Ushbu davlatlar Tehronning pozisiyasidan yaxshi xabardor.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Esmail Baqoiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Biz Rossiya va Xitoy bilan yaqin aloqadamiz. Xitoy va Rossiya bizning strategik hamkorlarimiz bo‘lib, pozisiyamizni yaxshi bilishadi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat AQShning bir tomonlama va qarama-qarshilikka asoslangan siyosatiga qarshi.

Shuningdek, Rossiya va Xitoy mintaqada sodir bo‘layotgan voqealar Vashingtonning noqonuniy va avantyuristik harakatlari natijasi ekanini tushunadi. Shu bois, AQSh tomoni bilan har qanday hamkorlik jarayonida ular, albatta, Vashingtondan o‘z harakatlari uchun javobgarlikni talab qiladi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik