Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari yuzasidan muhim bayonot berdi

Eron Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari yuzasidan muhim bayonot berdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Rossiya va Xitoy Tehronning strategik hamkorlari ekanini hamda ushbu davlatlar bilan yaqin muloqot davom etayotganini ma’lum qildi.

Diplomat Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyning Shenchjen shahrida rejalashtirilayotgan uchrashuvi yuzasidan munosabat bildirdi.

"Biz Rossiya bilan ham, Xitoy bilan ham yaqin aloqadamiz", — deya ta’kidladi Baqoiy.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakilining bildirishicha, Moskva va Pekin Tehronning xalqaro masalalar bo‘yicha tutgan pozisiyasidan yaxshi xabardor.

"Xitoy va Rossiya bizning strategik hamkorlarimiz hisoblanadi. Ular bizning pozisiyalarimizni juda yaxshi bilishadi", — deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Kiritildi: Bugun 15:37. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik