Eron Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning dengiz va havo kuchlarini terroristik tashkilotlar deb e’lon qildi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Tehron Yevropa Ittifoqi davlatlarining joriy yilning 19 fevral kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK) deb e’lon qilish haqidagi "noqonuniy va asossiz" qaroriga qarshi javob choralarini ko‘rmoqda.
"Evropa hukumatlari Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlarining rasmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan IIQKni BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va normalariga zid bo‘lgan terroristik tashkilot deb e’lon qilganligi sababli, Eron o‘zaro kelishuv asosida harakat qiladi", deyiladi bayonotda.
Eron Tashqi ishlar vazirligi ushbu harakatlar Islom Respublikasining ichki qonunchiligi doirasida va Yevropa hukumatlari tomonidan xalqaro huquqning aniq buzilishiga javoban amalga oshirilganini ta’kidladi.