Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Uriel Buso ushbu hujumni «terroristik akt» va «insonparvarlik normalariga qarshi urush jinoyati» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, hujum tasodifiy emas, balki tibbiyot xodimlari va begunoh fuqarolarga qaratilgan.
«Tom boshimizga tushdi, portlash to‘lqini meni yiqitib yubordi. Bunday holatni boshdan o‘tkazmaguncha, bunga ishonish qiyin», — dedi shifoxona xodimlaridan biri.
AFP agentligi reportyorlari Tel-Aviv va IYErusalimda tongda portlashlar bo‘lganini ham xabar qilmoqda. Ramat-Gan shahrida (Tel-Aviv yaqinida) raketa birja yaqinidagi hududga teggan.
Isroil armiyasi ma’lum qilishicha, Eron «o‘nlab ballistik raketalar» otgan. Ularning ko‘pchiligi Yer atmosferasini tark etib, gipertezlikda kerakli nuqtaga yo‘naladi. Bu raketalar yuqori tezligi tufayli osonlikcha yo‘q qilinmaydi.