Eron AQSh va Isroilning zarbalariga qaramay, raketa arsenalini 2,5 mingta raketagacha tikladi. Bu haqda Le Figaro nari xabar bermoqda.
Nashrning AQSh razvedkasi hisob-kitoblariga tayanib xabar berishicha, Tehronda 1,5 mingdan 2,5 ming donagacha raketa mavjud va bu urushdan oldingi zaxiralarning yarmidan ko‘pini tashkil etadi.
Tehron raketa zaxiralarini tiklashni davom ettirmoqda, shuningdek, ittifoqchilar, jumladan, Rossiya tomonidan taqdim etilgan razvedka ma’lumotlari tufayli Yaqin Sharqdagi nishonlarga hujumlar samaradorligini oshirdi.
WSJ suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Amerika razvedkasi o‘z hisob-kitoblarining ishonchliligini past deb baholamoqda: omborlarda saqlanayotgan yoki uchirishga tayyor raketalarning aniq sonini aniqlash qiyin. Isroil harbiylari, o‘z navbatida, Eron 1500 dan ortiq ballistik raketalarga ega deb hisoblaydi. Amerika rasmiylariga ko‘ra, raketa ishlab chiqarish korxonalariga zarar yetkazilganiga qaramay, Eron urushdan oldingiga qaraganda sekinroq bo‘lsa-da, avval to‘plangan butlovchi qismlar hisobiga o‘z arsenalini to‘ldirishda davom etmoqda.
"Bu ma’lumotlar Eron raketalarining 85 foizi yo‘q qilinganini ta’kidlagan Trampning bayonotlariga ziddir", deyiladi maqolada.