🇮🇷 Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon suhbati davomida quyidagilarni ta’kidladi:
“Biz yadroviy faoliyat yuzasidan ishonch muhitini yaratish maqsadida muloqot va hamkorlikka tayyormiz, biroq bu dasturlarni to‘liq to‘xtatishni hech qachon qabul qilmaymiz.”
🚫 Pezeshkiyan Isroilning Eronga uyushtirgan hujumlarini mintaqaviy xavfsizlikka tahdid deb atap, xalqaro hamjamiyatni keskin choralar ko‘rishga chaqirdi.
🔸 Makronning ishonchni mustahkamlash haqidagi chaqirig‘iga javoban, Pezeshkiyon shunday dedi:
“Men boshidanoq dunyodagi barcha mamlakatlar bilan o‘zaro ishonch va hurmat asosida hamkorlik qilish tarafdori bo‘lib kelganman — va bu yo‘ldan borishda davom etaman. Ammo bu jarayonni izdan chiqargan tomon sinistik rejim bo‘ldi. U bu yo‘ldagi provokasiyani Ismoil Haniyaga qarshi suiqasd tashkil etish bilan boshladi.”