Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkian Tehron «dushman oldida bosh egish» niyatida emasligini, ehtimoliy muzokaralar esa taslim bo‘lish yoki mamlakat milliy manfaatlaridan voz kechishni anglatmasligini ma’lum qildi.
«Biz hech qachon dushman oldida bosh egmaymiz, agar gap muloqot yoki muzokaralar haqida ketsa, bu taslim bo‘lish yoki chekinish degani emas. Aksincha, maqsad — Eron xalqi huquqlarini himoya qilish va milliy manfaatlarni qat’iyat bilan himoya qilishdan iborat», — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.