Mo‘jtaba Xomanaiyning ta’kidlashicha, AQShdagi oraliq saylovlar natijalari Vashingtonning Eronga nisbatan dushmanona siyosatini o‘zgartirmaydi. U AQSh tomonidan yangi tajovuz sodir etilsa, bunga yanada kengroq javob qaytarilishini ogohlantirdi.
Uning aytishicha, AQShdagi partiyalar almashinuvi yoki yon berishlar Vashingtonning Eronga munosabatini özgartiradi, deb hisoblash jiddiy xatodir. Shuningdek, u Fors ko‘rfazi, xususan, Hormuz bo‘g‘ozidagi voqealar AQShning yengilmasligi haqidagi tasavvurni yo‘qqa chiqargani va xorijiy kuchlarga tayanadigan hukumatlarning zaifligini ko‘rsatganini ta’kidladi.