Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Eron muzokaralarga tayyor, biroq o‘z huquqlariga hurmat talab qilmoqda

Eron muzokaralarga tayyor, biroq o‘z huquqlariga hurmat talab qilmoqda

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatda Eron yadro dasturi yuzasidan muloqotga tayyor ekanini, biroq bu dastur to‘liq to‘xtatilmasligini ma’lum qildi.

🗣 U ta’kidlashicha, Eron har qanday muzokarani mamnuniyat bilan qabul qiladi, faqat mamlakatning qonuniy huquqlariga hurmat ko‘rsatilgan taqdirda.

Batafsil:

«Biz tinch atom sohasida ishonchni mustahkamlash uchun dialog va hamkorlikka tayyormiz. Bir tomondan, biz yadro dasturini butunlay to‘xtatishga rozi emasmiz, boshqa tomondan esa, sionistik rejim tomonidan davom etayotgan tajovuzga javobimiz yanada og‘ir va qat’iy bo‘ladi», — deyiladi Pezeshkian ma’muriyati bayonotida.

Avvalroq Makron Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish niyatida ekanini bildirgan edi.

Fransiya prezidenti shuningdek, Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini va uning yadro dasturi faqat tinch maqsadlarda ekaniga kafolat berilishi shartligini ta’kidladi.

Makron hozirgi keskin vaziyatga qaramay, eskalasiyani oldini olish imkoniyati mavjudligini bildirdi. Shu sababli, Fransiya va uning Yevropadagi hamkorlari Eronga nisbatan boshlagan muzokaralarni tezlashtirish niyatida.

«Men ishonamanki, urushdan chiqish va yanada katta xavf-xatarlardan qochish yo‘li bor. Shu maqsadda, Fransiya va uning Yevropadagi hamkorlari tomonidan Eronga oid boshlangan muzokaralarni tezlashtiramiz», — deb yozdi Makron.

Kiritildi: 14:06 22.06.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!