Eron muzokaralarga tayyor ekanligini va Qatar hamda Ummondan sulh bo‘yicha vositachilik qilishni so‘ragan.
Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Tehron bugun Qatarga muzokaralar tashkil etishni so‘rab xabar yuborgan.
"Biz AQSh bilan kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib borishga tayyormiz, biroq Isroil “vaziyatni tinchlantirishi” kerak", — deya izoh berdi ismi oshkor etilishini xohlamagan eronlik rasmiy.