Eron muhojirlarni AQShga qarshi urushga safarbar qilishga tayyor.
Eronda ommaviy safarbarlik kampaniyasi — «Janfada» («O‘zini qurbon qilishga tayyorlar») vakili xorijlik fuqarolar AQShga qarshi Eron qurolli kuchlari bilan «elkama-elka» jang qilish istagini bildirganini aytdi.
🗣️ Tehrondagi katta tadbirda Soson Zare Eronga AQSh fuqarolaridan ham ko‘plab odamlar Amerikaga qarshi urushish uchun kelganini ta’kidlagan. Biroq xabarda u, ehtimol, eronlik kelib chiqishiga ega bo‘lgan AQSh fuqarolarini nazarda tutgani aytilmoqda.
Shuningdek, Zarening aytishicha, Eronda yashayotgan ko‘plab xorijliklar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, amerikaliklarga qarshi jang qilishni xohlamoqda.
🇦🇫 U bu odamlarga nisbatan odatda afg‘onlarga nisbatan qo‘llanadigan atamadan foydalangan. Eronda o‘z mamlakatdagi muammolar sabab qochib kelgan juda ko‘p afg‘on muhojirlari istiqomat qiladi.
Hozircha bu bayonotda tilga olingan xorijliklarning qanchasi haqiqatan ham Eron armiyasiga qo‘shilgani yoki harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.