Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy matbuot anjumanida Isroilga nisbatan ehtimoliy oldindan zarba berish va keng ko‘lamli urushning oldini olishda diplomatiyaning roli haqidagi savolga javoban, "Eron o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur resurslarga ega" ekanini aytdi.
"Biz o‘zimizni himoya qilish uchun ulkan salohiyatga egamiz va bugun avvalgiga qaraganda chaqiriqlarga yaxshiroq tayyormiz", — deya qo‘shimcha qildi u.