Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Venesuelaning vaqtincha prezidenti AQShning buyruqlaridan "to‘ygan"

 Venesuelaning vaqtincha prezidenti AQShning buyruqlaridan "to‘ygan"

Venesuela vaqtincha prezidenti, AQShning buyruqlaridan "to‘yganini" aytdi — Deutsche Welle.

Delsi Rodrigesning ta’kidlashicha, ichki muammolarni hal qilish Venesueladagi siyosatchilarning ishi bo‘lishi kerak.

"Vashingtonning Venesueladagi siyosatchilarga berayotgan ko‘rsatmalaridan to‘ydim", — dedi Delsi Rodriges Venesuela davlat telekanali efirida.

Rodriges, shuningdek, Venesuela "mamlakatdagi fashizm va ekstremizmning oqibatlari bilan yuzlashganligi uchun juda yuqori narx to‘laganini aytdi.

Avvalroq, AQSh "Venesuelaning sanksiyalar ostidagi neftini tashishda" ayblanib qo‘lga olingan yetti tankerdagi barcha neftni o‘zlashtirgani haqida xabar berilgan edi.

Delsi Rodriges Qo‘shma Shtatlarning harbiy operasiyasi natijasida Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan keyin prezidentlik vazifasini bajarishga kirishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp hozirda mamlakatda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni istamayapti.

"Avvalo, biz Venesuelani to‘g‘ri yo‘lga qaytarishimiz kerak", — degan edi Oq uy rahbari NBC News'ga bergan intervyusida.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!