Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp "nafrat olovini yoqmaslikni" talab qildi

Tramp "nafrat olovini yoqmaslikni" talab qildi

Tramp ma’muriyati federal agentlar tomonidan AQSh fuqarosining o‘ldirilish holatini o‘rganmoqda — The Wall Street Journal

"Biz vaziyatni o‘rganyapmiz, hammasini aniqlaymiz va xulosaga kelamiz", — dedi AQSh prezidenti Wall Street Journal'ga bergan intervyusida.

Donald Tramp bu haqda AQSh Immigrasiya va bojxona polisiyasi (ICE) tomonidan 37 yoshli Aleks Prettining o‘ldirilishidan bir necha kun o‘tib ma’lum qildi.

Prezidentning aytishicha, immigrasiya xizmati xodimlari Minneapolisdan olib chiqilishi mumkin. Biroq shtatda ICE agentlarining bir guruhi qoldiriladi va ular “moliyaviy firibgarliklarni aniqlash” bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga, Tramp Minneapolis gubernatori Tim Uolsdan "nafrat olovini yoqmaslikni" va shtat qamoqxonasida saqlanayotgan barcha noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportasiya qilish uchun federal hukumatga topshirishni talab qildi.

24 yanvar kuni AQSh federal agentlari Minneapolisda Aleks Jeffri Prettini otib o‘ldirdi. Avvaliga rasmiylar agentlar to‘pponcha bilan qurollangan Prettini qurolsizlantirmoqchi bo‘lganida qarshilik ko‘rsatganidan so‘ng o‘zini himoya qilish maqsadida fuqaroga o‘t ochganini ma’lum qilgandi. Guvohlar, mahalliy rasmiylar va jabrlanuvchining oilasi bunga e’tiroz bildirib, voqea sodir bo‘lgan paytda uning qo‘lida qurol emas, telefon bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Yanvar oyida ICE agenti AQSh fuqarosi va uch farzandning onasi 37 yoshli Rene Nikol Gudni otib tashlagandi.

Kiritildi: Bugun 17:54. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!