Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Superligasi jahonda nechanchi o‘rinda turishi ma’lum

O‘zbekiston Superligasi jahonda nechanchi o‘rinda turishi ma’lum

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) 2025-yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli futbol ligalari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi o‘tgan yilga nisbatan uch pog‘onaga yuqorilab, 93-o‘rinni egalladi.

Umumiy reytingda yetakchi o‘rinlarni Yevropaning nufuzli chempionatlari egallagan. Angliya Premyer Ligasi va Ispaniya La Ligasi eng yuqori pog‘onalardan joy olgan bo‘lsa, Braziliya chempionati kuchli uchlikni yakunlagan. Shuningdek, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Fransiya Ligasi ham yuqori o‘rinlarni band etgan.

Osiyo qit’asi ligalari orasida Saudiya Arabistoni Proligasi yetakchi deb topilgan. Yaponiya J1 ligasi ikkinchi, Janubiy Koreya K ligasi esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Birlashgan Arab Amirliklari Proligasi va Tailand chempionati Osiyoning kuchli besh ligasi qatoriga kirgan.

Qit’alar kesimidagi kuchli ligalar beshligi quyidagicha:

UEFA (Evropa): Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya

KONMEBOL (Janubiy Amerika): Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay

AFK(Afrika): Misr, Marokash, Janubiy Afrika, Jazoir, Tunis

OFK(Osiyo): Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA, Tailand

KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika): Meksika, Kosta-Rika, AQSH, Nikaragua, Gonduras

Okeaniya(Okeaniya): Yangi Zelandiya, Taiti, Fiji, Papua–Yangi Gvineya, Kuk orollari

Ma’lumot uchun, IFFHS reytingi ligalarning xalqaro musobaqalardagi natijalari, klublarning qit’a miqyosidagi ishtiroki hamda umumiy sport ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi.

Kiritildi: Bugun 18:32. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!