O‘zbekiston ichki ishlar vazirining bir kunda lavozimidan ozod etilgan ikki sobiq o‘rinbosari — Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov davlat mulkini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumonlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan tergov harakatlari “aqlli svetoforlar” jinoyat ishi doirasida olib borilmoqda. Bu haqda jarayondan xabardor va biri-biridan mustaqil bir nechta manba “Daryo”ga ma’lum qilgan.
Hozircha rasmiy idoralar tomonidan ushbu ma’lumotga izoh berilmagan.