Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron MAGATEni Isroil urushi “hamkori” deb atadi

Eron MAGATEni Isroil urushi “hamkori” deb atadi

Eron rasman MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) bosh direktori Rafael Grossini tanqid qilib, uni Isroilning “nohaq tajovuzkor urushi”ga yadroviy inspeksiyani xizmatga safarbar etganlikda aybladi.

MAGATE avvalroq Eronni Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro boshlanishidan oldin ham yadroviy dasturi bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilmayotganlikda ayblagan edi. Shu asosda, agentlikning Boshqaruv kengashi Eronni tanqid ostiga olib, unga rasmiy ogohlantirish bergan. Bu Eronning Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (DNYQ) ishtirokchisi sifatidagi maqomiga asoslangan edi.

Biroq 18-iyun kuni Rafael Grossi France24 telekanaliga bergan intervyusida oldingi bahosini deyarli rad etib, MAGATE “Eron yadro quroli yaratish ustida bevosita ish olib bormoqda, deb da’vo qila olmaydi”, deb bayonot berdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bag‘aiy X ijtimoiy tarmog‘ida Grossini keskin tanqid qildi. “Siz ushbu jinoyat urushi davomida qancha begunoh eronliklar o‘ldirilganini yoki mayib bo‘lganini bilasizmi? Yolg‘on narrativlar og‘ir oqibatlarga olib keladi, janob Grossi, va ular javobgarlikni talab qiladi”, — dedi u.

Kiritildi: 08:16 21.06.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!