Eron 2900 km uzoqlikka uchuvchi yadroviy kallakli raketa yaratdi, ya’ni u Isroil va Yevropagacha yetib borishi mumkin.
Bu haqda 2 fevral, yakshanba kuni Britaniyaning The Telegraph nashri Albaniya va Fransiyada faoliyat yuritayotgan Eron muxolifati tashkiloti - Eron Milliy qarshilik kengashiga (NCRI) asoslanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Shimoliy Koreya bilan hamkorlikda Eronning turli hududlaridagi ikkita korxonada ishlab chiqilgan bo‘lib, ular sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish markazlari sifatida niqoblangan. Birinchi korxonada jangovar kallaklar, ikkinchisida esa uchirish qurilmalari ishlab chiqariladi. Ikkala markaz ham maxfiy bo‘lib, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) tomonidan kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlanadi.