Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Suriyada YPG (PKK - Kurdiston Ishchilar partiyasining Suriya qanoti)ning taxminiy rahbarlaridan biri, "Azad" taxallusi bilan tanilgan Mahmud Agjani aniq zarba bilan zararsizlantirdi.
Anadolu agentligi Turkiya xavfsizlik idoralaridagi manbalarga tayanib xabar berishicha, 2015 yildan beri Turkiyada bir qator terror hujumlarini uyushtirgani aniqlangan Agja MİT'ning ustuvor maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Jangari Suriya shimolida joylashgan Ayn al-Arab (Kobani) tumanidagi terrorchilar yig‘ilishlari o‘tkazilayotgan uylardan birida amalga oshirilgan aniq operasiya natijasida zararsizlantirildi.