Bugun 4 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida gapirdi

Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida gapirdi

"Shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqidagi savolga javob berdi.

"Bilasizmi, markaziy himoyachilar uchrashuvlar davomida qancha xato qiladi? Abduqodir bu borada birinchisi ham emas, oxirgisi ham. "Arsenal"ga qarshi bahs buni ko‘rsatib berdi. Abduqodirni yoki boshqa biror futbolchini konkret bir xatosi uchun ayblash niyatida emasman. Nazarimda, bu holatda o‘zimda ayb ko‘proq, sababi mening jamoamda shunday xatolar kuzatilmoqda. Himoyachilar esa shunchaki ishlashda davom etishi va o‘z o‘yinini kuchaytirishi zarur", – dedi Gvardiola.

Mutaxassis hamyurtimizni OAV orqali ham, alohida suhbatda ham ayblamaganini ta’kidlab, jamoaga endi kirishayotgan futbolchilarga vaqt kerakligiga urg‘u berdi.

"Tan olaylik – uni qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Bilasizmi, men Husanov bo‘lsam, yangi mamlakatdagi debyutim, butkul boshqa tilda gaplashadigan yangi jamoa, Premyer-ligadagi men uchun dastlabki davrda yordam berishlarini, qo‘llab-quvvatlashlarini istagan bo‘lardim. Hozir Xusanovda hech qanday muammo yo‘q, u mashg‘ulotda astoydil mehnat qilmoqda. U sovuqqon va o‘ta diqqatli yigit", – dedi Gvardiola.

Kiritildi: 16:51 03.02.2025. O'qildi: 2147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!