Bugun 4 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin va Tramp uchrashadigan joy

Putin va Tramp uchrashadigan joy

Rossiya Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarini AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vladimir Putin o‘rtasidagi sammitni o‘tkazish uchun mumkin bo‘lgan joylar sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Reuters muhokama jarayonidan xabardor bo‘lgan ikki rus manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Rossiya rasmiy ravishda Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin bo‘lishi mumkin bo‘lgan telefon suhbatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha AQSh bilan har qanday aloqalarni inkor etmoqda. Biroq agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, yuqori lavozimli rossiyalik amaldorlar so‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoni va BAAga tashrif buyurgan.

Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada bu g‘oyaning muxoliflari ham bor, chunki "ba’zi diplomatlar va razvedka xodimlari ushbu davlatlar va AQSh o‘rtasidagi yaqin harbiy hamda xavfsizlik sohasidagi aloqalarga e’tibor qaratmoqda."

Bundan oldin Donald Tramp "Andryus" bazasida jurnalistlarga Ukraina, Rossiya va "turli tomonlar" bilan "uchrashuv va muzokaralar" rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi, deb xabar bergan CNN telekanali.

Kiritildi: 23:30 03.02.2025. O'qildi: 2890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!