Rossiya prezidenti mamlakat Olimpiya qo‘mitasining 115 yillik yubileyi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aynan shunday bayonot berdi.
U Rossiya 1980 yilda Moskva va 2014 yilda Sochida o‘tgan Olimpiadalarga mezbonlik qilganini eslatib o‘tdi.
"Rossiya kelajakda yana yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘zida qabul qilishga hamda haqiqiy olimpiya harakati qadriyatlarini saqlab qolishga hissa qo‘shishga tayyor", — deyiladi tabrikda.
Putinning ta’kidlashicha, avvalgi o‘yinlar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan ham yuqori baholangan.