Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron Isroilga qarshi raketalarning 25-30 foizini ishlatgan

Eron Isroilga qarshi raketalarning 25-30 foizini ishlatgan

Eron Isroilga zarba berishda raketalarining 25-30 foizidan foydalangan.

Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) qo‘mondonining muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Ali Fazliy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron 2006 yildan beri Tel-Aviv va Vashingtonning yirik hujumiga tayyor.

"Hozirda Eronning mavjud raketa quvvatining taxminan 25-30 foizi ishlatilgan. Biz raketa shaharchalarining birortasini hali ochmadik, ba’zilarida esa faqat cheklangan qismlari jamoatchilikka ko‘rsatildi, mamlakat yashirin mudofaa kuchining muhim qismi esa shu shaharlarda joylashgan", - deya ta’kidladi Fazliy.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi.Bir kun o‘tar-o‘tmas Islom Respublikasi javob hujumini amalga oshirdi. Qo‘shma Shtatlar mojaro avj olgandan to‘qqiz kun o‘tib kirgan: 22 iyunga o‘tar kechasi Amerika kuchlari Eronning uchta yadroviy ob’ektiga hujum qildi. 23 iyun kuni kechqurun Tehron Amerikaning Yaqin Sharqdagi eng yirik aviabazasi – Qatardagi Al-Udeyd aviabazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron 24 iyundan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:45 04.07.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!