Eron AQSh bilan erishilgan memorandumda belgilangan shartlar bajarilmaguncha Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish niyatida emas. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Tehron Vashingtondan bir qator majburiyatlarni bajarishni kutmoqda. Ular orasida qamalni bekor qilish, Eronning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini ochish, neft sohasiga joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlash hamda harbiy harakatlarni to‘xtatish bor.
Qolibofning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ushbu talablarni bajarmaguncha, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasini ko‘rib chiqmaydi.