Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy AQShning Eron talablariga bergan javobi qoniqarli bo‘lmaganini bildirdi.
Uning aytishicha, Vashington Eron ilgari surgan 7 ta shartni bajarishi kerak. Ular orasida mintaqada urushni to‘xtatish, sanksiyalarni bekor qilish, muzlatilgan aktivlarni qaytarish, AQSh blokadasini tugatish, Eronga hujumlarni to‘xtatish, AQSh qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqish va yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash talablari bor. Faqat shundan keyingina Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta ochiladi.