Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Eron hukumati Bandar-Abbosdagi portda yuz bergan portlash sababini ma’lum qildi

Eron hukumati Bandar-Abbosdagi portda yuz bergan portlash sababini ma’lum qildi

Eron janubidagi Hormozgon viloyatida Bandar-Abbos shahridagi Shahid Rajoiy portida sodir bo‘lgan portlash ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, aybdorlar topilgan va tergov davom etmoqda, dedi Eron ichki ishlar vaziri Iskandar Momeniy.

“Tekshiruv o‘tkazish uchun komissiya tuzildi, aybdorlar qo‘lga olindi, ular portlash bo‘yicha ba’zi masalalarni tushuntirishdi, tergov davom etmoqda. Men kecha bu fojia qanday sodir bo‘lganini tushuntirdim. Bu yerda beparvolik, xususan, xavfsizlik qoidalarini buzish va ehtiyotsizlik bo‘lgan”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mehr agentligi.

Shanba kuni tushdan keyin Bandar-Abbos shahridagi Shahid Rajoiy portida kuchli portlash yuz berdi. Eron hukumati matbuot kotibi Fotime Mohajeraniyning Fars axborot agentligiga aytishicha, hodisa kimyoviy omborda sodir bo‘lgan, biroq bunga nima sabab bo‘lganini aniq aytish qiyin. Shu bilan birga, OAV portlash yonilg‘i rezervuarlaridan birining yonishi oqibatida sodir bo‘lganini xabar qildi. Eron OAVga ko‘ra, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, Fors ko‘rfazidagi Bandar-Abbos portidan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Keshm orolida eshitilgan. Portlash bir necha kilometr radiusdagi derazalarni uchirib yuborgan. Mamlakat rasmiylari tekshiruvni boshlashni buyurgan, deb xabar beradi ria.ru.

Kiritildi: 05:32 29.04.2025. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!