Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Hormuz bo‘g‘ozida ruxsatsiz yo‘nalishlarda harakatlanayotgan uchta AQSh kemasi va uchta neft tankeriga zarba berilganini da’vo qildi.
Bu haqda IIQK bayonotida aytilmoqda.
"Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida ruxsatsiz yo‘nalishlarda harakatlanayotgan uchta neft tankeriga va uchta AQSh kemasiga zarba berdi”, deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, hujumlar AQShning Eron tankerlariga zarbalariga javoban amalga oshirilgan.
Avvalroq AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) uchta Eron neft tankeriga zarba berilganini da’vo qilgan edi. "5 sentyabr kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi mintaqa suvlarida patrullik qilayotgan ikkita AQSh dengiz floti kemasiga ballistik raketalar uchirganidan so‘ng, Markaziy qo‘mondonlik kuchlari uchta Eron neft tankeriga zarba berdi”, deyiladi bayonotda.