Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Eron Fors ko‘rfazida ikkita tankerni qo‘lga oldi

Eron Fors ko‘rfazida ikkita tankerni qo‘lga oldi

Eron Fors ko‘rfazida ikkita tankerni qo‘lga oldi.

Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Harbiy-dengiz kuchlari ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Fars agentligi. Tankerlar qaysi davlatga tegishli ekani hozircha noma’lum.

"Ushbu tankerlar yoqilg‘i kontrabandasiga aloqador bo‘lgan. Tekshiruv chog‘ida bir million litrdan ortiq yoqilg‘i aniqlangan. Shuningdek, 15 nafar ekipaj a’zosi qo‘lga olingan bo‘lib, ular sud oldida javob beradi", deyiladi IIQK bayonotida.

Kiritildi: 23:44 05.02.2026. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!