Eron oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy Fors ko‘rfazi kuni munosabati bilan yo‘llagan maktubida mamlakat AQSh ishtirokisiz xavfsizlikni kafolatlagan holda ko‘rfaz va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini amaliy boshqarish imkoniyati orqali Fors ko‘rfazi mintaqasining xavfsizligini ta’minlash va dushmanning suiiste’molchiliklariga chek qo‘yish niyatida," – dedi Xomanaiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi mintaqasida Amerika ta’siri bo‘lmasa, uni yorqin kelajak kutmoqda.
Mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon esa Fors ko‘rfazi xavfsizligi bir davlatga emas, barcha qirg‘oqbo‘yi mamlakatlari hamkorligiga bog‘liq ekanini bildirdi.