Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron: Dushmanga albatta “pushaymon qiluvchi” javob beriladi

Eron: Dushmanga albatta “pushaymon qiluvchi” javob beriladi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) razvedka tashkiloti rahbari, brigadir general Majid Xodem, agar do‘shman yana bir bor hujum qilsa, mamlakat “albatta pushaymon qiluvchi javob” berishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tajovuzi oqibatida shahid bo‘lgan sobiq IRGC razvedka boshlig‘i, brigadir general Muhammad Kazemiy xotirasiga bag‘ishlangan nutqida dushman Eron xalqining yengilmas irodasiga guvoh bo‘lgani uchun ruhiy urushga o‘tganini ta’kidladi.

“Eron hech qachon urush boshlamagan, ammo undan ko‘p narsa o‘rgangan. Shu bois qurolli kuchlarimiz dushmanga o‘zining butun qudrati bilan javob qaytaradi”, — dedi Xodem.

Isroil rejimi 13 iyun kuni Eron hududiga qarshi asossiz hujum uyushtirgan, natijada yuqori martabali harbiy qo‘mondonlar, yadroviy olimlar va tinch fuqarolar halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 18:57 11.08.2025. O'qildi: 2578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!