Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Eron bugun tinchlik bo‘yicha yangi taklif taqdim etishi mumkin

Eron bugun tinchlik bo‘yicha yangi taklif taqdim etishi mumkin

Eron bugun, 1 may kuni Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangilangan tinchlik taklifini taqdim etishi mumkin. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

«Pokistonlik vositachilar AQSh prezidenti Donald Tramp avvalgi versiyani rad etganidan so‘ng, Erondan yangilangan tinchlik taklifini kutishmoqda. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, javob juma kunigacha kelib tushishi mumkin», — deyiladi maqolada.

Telekanalning qayd etishicha, Tramp Eron bilan muzokaralar jarayonidan faqat u va shaxslarning tor doirasi xabardor ekanligini ma’lum qilgan. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar «omma oldida go‘yoki boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek ko‘rinsa-da», aslida davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!