AQSh prezidenti Fox News telekanaliga bergan intervyusida, agar qarorni yana bir bor qabul qilishga to‘g‘ri kelganida ham, aynan shu yo‘lni tanlagan bo‘lar edi, dedi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eronning yadroviy salohiyatini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi zarbalarni boshladi. Tehron esa Isroil hamda Fors ko‘rfazi davlatlaridagi Amerika ob’ektlariga hujumlar bilan javob qaytardi.