Eron tomonidan amalga oshirilgan raketalar zarbalari natijasida Isroilda minglab fuqarolar uy-joysiz qoldi. Bu haqda mamlakatning yirik nashrlaridan biri — "Yediot Ahronot" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil Ichki ishlar vazirligi tomonidan hozirgacha 5110 nafar boshpanasiz shaxs ro‘yxatga olingan. Ulardan 907 nafari poytaxt Tel-Avivda yashovchi fuqarolar ekanligi qayd etilgan.
Raketa zarbalari uy-joylarga jiddiy zarar yetkazgani, ayrim shaharlarda muhandislik infratuzilmasi va kommunal xizmatlar ishdan chiqqanligi ta’kidlanmoqda.