Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga dronlar bilan hujum uyushtirdi

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga dronlar bilan hujum uyushtirdi

Eron kecha, 15 noyabr kuni Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga oltita dron uchirdi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hujum AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlariga javob ekanini ma’lum qilgan.

Dronlar Bahrayndagi Al-Rifaa vertolyot bazasida joylashgan AQSh havo hujumidan mudofaa radarini nishonga olgan. Bahrayn havo hujumidan mudofaa tizimlari dronlarni nishonga yetib bormasidan oldin urib tushirgan.

Bu Eronning so‘nggi uch kun ichida Bahrayndagi AQSh harbiy ob’ektlariga uyushtirgan ikkinchi hujumi bo‘lgan. 14 noyabr kuni ham Eron Qo‘shma Shtatlarning radar ob’ektiga dronlar bilan zarba bergan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) o‘shanda ikkita dron urib tushirilganini, hujum oqibatida hech kim jabrlanmagani va zarar yetmaganini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 09:39. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik