Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron BAAdagi yong‘inlarni "AQSh sarguzashtining bevosita natijasi" deb atadi

Eron BAAdagi yong‘inlarni "AQSh sarguzashtining bevosita natijasi" deb atadi

BAA neft inshootlaridagi yong‘inlar "AQShning Hormuz bo‘g‘ozi orqali ba’zi kemalarning o‘tishini ta’minlash bo‘yicha ehtiyotsiz harakatining bevosita natijasidir".

Bu haqda Eronning NourNews axborot agentligi manbaga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron ushbu inshootlarga hech qanday hujumlarni rejalashtirmagan va bu voqea AQSh harbiylarining Eron taqiqlagan Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning noqonuniy o‘tishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan ehtiyosiz harakatining natijasidir.

Avvalroq BAA rasmiylari Fujayra amirligidagi neft majmuasiga dron hujumi natijasida katta yong‘in kelib chiqqani va uch nafar Hindiston fuqarosi jarohat olgani haqida xabar berishgan edi.

BAA Tashqi ishlar vazirligi "Eronning mamlakatdagi fuqarolik nishonlariga yangilangan hujumlarini" qoraladi va Abu-Dabining javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Tasnim Erondagi harbiy manbaga tayanib, agar Abu-Dabi hozirgi vaziyatda Tehronga qarshi biron bir "aqlsiz harakatlar" qilishga qaror qilsa, BAAning mintaqadagi manfaatlari Eron qurolli kuchlari uchun nishonga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!