Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 13 noyabr kuni Bahraynda Qo‘shma Shtatlarning hujumlardan erta ogohlantirish radarini nishonga olganini ma’lum qildi. Reuters'ning yozishicha, bu sentyabr boshidan buyon arab davlatlaridagi Amerika harbiy ob’ektlariga qilingan ilk hujum da’vosi bo‘ldi.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bu zarba Eron janubidagi Ho‘rmozgon viloyati Sirik okrugidagi telekommunikasiya minorasiga qilingan AQSh hujumiga javob ekanini bildirdi.
"Bu tajovuzkor dushmanga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi havo provokasiyalari va neft kontrabandasini to‘xtatishi kerakligi haqida jiddiy ogohlantirishdir. Agar bu qoidabuzarliklar va tajovuzkorona harakatlar takrorlansa, Korpusning Havo-kosmik kuchlari cheklovsiz jangga kirishishga to‘liq shay turibdi", deyiladi korpus bayonotida.
AQSh va Bahrayn rasmiylari hozircha Eronning zarbalari yuzasidan izoh bermadi.