Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagai AQShning mamlakat janubiy hududlariga bergan yangi zarbalarini, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Ummonga nisbatan aytgan tahdidlarini keskin qoraladi. Bu haqda Eron TIVning Telegram-kanali xabar berdi.
Bagaining so‘zlariga ko‘ra, Eronning hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetiga qarshi qaratilgan agressiv xatti-harakatlar xalqaro huquq va BMT Ustavining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
«TIV vakili, shuningdek, Amerika rasmiylarining Eron va mintaqadagi boshqa bir qator davlatlar manziliga yo‘llagan tahdidli bayonotlarini qoralab, do‘st va birodar Ummon davlati bilan birdamlik bildirdi», — deyiladi vazirlik bayonotida.