Atab News xabar berishicha, Eron AQShning urushga qo‘shilishi holatida keskin javob berishini yana bir bor ta’kidladi.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem Garibabadi shunday dedi:
«Agar AQSh Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlab, urushga aralashsa, Eronda tajovuzkorlarga dars berishdan va o‘zini himoya qilishdan boshqa chora qolmaydi. Bizda barcha harbiy variantlar tayyor».
U shuningdek, AQShni **«hech bo‘lmaganda neytral qolish»**ga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Eron oliy rahbari Ali Xomanai ham AQShga nisbatan harbiy tahdid bildirgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Erondan besarhad taslim bo‘lishni talab qilmoqda, biroq shu bilan birga urushsiz kelishuv ehtimolini ham ochiq qoldirmoqda.