Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQSh va Isroil hujumiga javoban Turkiya va Misrdagi harbiy bazalarga zarba berishi mumkin

Eron AQSh va Isroil hujumiga javoban Turkiya va Misrdagi harbiy bazalarga zarba berishi mumkin



Eron AQSh va Isroil hujum qilgan taqdirda, Turkiyadagi Injirlik hamda Misrdagi Qohira-G‘arb harbiy bazalarini nishonga olishi mumkin. Bu Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) rasman ma’lum qilgan Yevropa yo‘nalishidagi ballistik zarbalar rejasining bir qismi bo‘lishi aytilmoqda.

Avvalroq Tehron hujum sodir bo‘lsa, Isroil, Qatar va BAA kabi mintaqa davlatlari ham javob zarbalariga duch kelishidan ogohlantirgan edi.

Zarba berish ehtimoli bo‘lgan nishonlar qatorida neftni qayta ishlash zavodlari, suvni chuchuklashtirish inshootlari, portlar, aeroportlar, mehmonxonalar va savdo markazlari ham sanab o‘tilgan.

Kiritildi: Bugun 19:26. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!