AQSh va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlar qayta boshlanishi ehtimoli ortib bormoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashrning AQSh razvedka ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Eron Vashington rasmiylari va diplomatlariga qarshi ehtimoliy suiqasdlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, Tehron AQSh va Isroil tomonidan yangi yirik harbiy hujum uyushtirilishi mumkinligini kutmoqda.