Muhammad Bog‘ayer G‘olibafning ma’lum qilishicha, Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar boshlanishidan oldin ikki asosiy shart bajarilishi kerak.
Uning ta’kidlashicha, muzokara jarayoniga kirishishdan avval quyidagi masalalar hal etilishi lozim:
— Livanda sulh o‘rnatilishi
— muzlatilgan Eron aktivlarining blokdan chiqarilishi
«Bu ikki masala muzokaralar boshlanishidan oldin hal qilinishi kerak», — dedi G‘olibaf Xdagi bayonotida.
Avvalroq Eron tomoni AQSh bilan muzokaralar Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilganini bildirgan edi.
Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik hamon saqlanib qolmoqda: sulh, Xormuz bo‘g‘ozi va mintaqaviy harbiy harakatlar atrofida qarama-qarshiliklar davom etmoqda.