Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Erkaklar diqqatiga! Yog‘li taom yeya ko‘rmang. Negaki...

Erkaklar diqqatiga! Yog‘li taom yeya ko‘rmang. Negaki...

Kanadaning Monreal shahridagi Makgill universiteti sog‘liqni saqlash markazi mutaxassislari tarkibida juda ko‘p bo‘lgan taomni iste’mol qilish va prostata bezi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qildi.

Tadqiqotchilar 319 kishining ovqatlanish va MYC onkogen namoyish bo‘lishi bilan bog‘liq ma’lumotlarini to‘plashgan. Natijada rasioni yog‘larga boy kishilarning bunday yog‘larni umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda prostata saratonidan o‘lish xavfi 4 baravar yuqori ekanligi haqidagi xulosaga kelishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yog‘larga boy ovqatlarni iste’mol qilish saraton ko‘payishini tezlashtiruvchi to‘qimalarning qayta loyihalanishiga olib kelar ekan va bunda o‘limga olib kelish ehtimoli oshadi.

Hayvon yog‘larining taomdagi hissasini kamaytirish kasallikni dastlabki bosqichidagi rivojlanish sur’atini pasaytirishi mumkin. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda uning natijalari prostata saratoniga chalinganlar uchun maxsus parhezni tuzishda yordam berishi mumkin.

Kiritildi: 21:30 01.12.2019. O'qildi: 7221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!