Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Erevanda vayron bo‘lgan savdo markazida 4 tonna portlash xavfi bor modda bo‘lgan

Erevanda vayron bo‘lgan savdo markazida 4 tonna portlash xavfi bor modda bo‘lgan

Qutqaruvchilar Surmalu savdo markazi hududida qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, savdo markazida portlashdan oldin 4 tonna portlash xavfi yuqori moddalar bo‘lgan. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vaziri Armen Pambuxchyan ma’lum qildi, deb xabar beradi Armenpress agentligi.

Armen Pambuxchyanning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangach, binoning qolgan qismini demontaj qilish masalasi muhokama qilinadi.

Erto‘la yoki omborxonalarda hali ham portlovchi moddalar bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javoban vazir hududning 50-60 foizi tozalanganini aytdi. Uning nazdida agar shunday materiallar bo‘lsa, ular allaqachon topilgan bo‘lardi.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, portlashdan oldin 4 tonna portlash xavfi yuqori modda bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Kiritildi: 22:29 17.08.2022. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!