Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on dunyoda bor-yo‘g‘i ikkita tajribali yetakchi qolganini aytdi: u va Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
G‘oziantepadagi yoshlar bilan uchrashuvda Erdo‘g‘ondan "diplomatik munosabatlardagi muvaffaqiyati" nima uchun kerak, deb so‘rashdi.
"Dunyoda faqat ikki yetakchi qoldi: biri - men, ikkinchisi - Putin," - dedi Turkiya prezidenti.
3 dekabr kuni Putin va Erdo‘g‘on telefon orqali muloqotda Suriyadagi inqirozni yumshatish bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.