Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida mojaroni hal qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishladi.
Erdo‘g‘on bu bayonotni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin xalqqa qilgan murojaatida aytdi.
"Kecha kechqurun 28 fevralda boshlangan urushni tugatish yo‘lida juda muhim qadam qo‘yildi. Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasidagi mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuv e’lon qilindi. Shunday qilib, bir necha oydan beri keskinlik ostida bo‘lgan mintaqamiz yengil nafas oldi.
Biz boshidanoq Pokiston, Qatar va Saudiya Arabistoni vositachiligidagi sa’y-harakatlarni qat’iy qo‘llab-quvvatladik. Biz erishilgan kelishuvdan mamnunmiz va urush tugashiga ishonamiz", dedi Turkiya rahbari.
Avvalroq Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasidagi kelishuvni e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat 19 iyun kuni Shveysariyada imzolanishi rejalashtirilgan va tomonlar allaqachon harbiy operasiyalarni darhol to‘xtatishga kelishib olgan.