Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda turk OAVlari xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi taranglik, 6-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan hujum va dolzarb voqealar muhokama qilindi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning Pokiston bilan birdamligini izhor qilib, hujumda halok bo‘lgan pokistonliklarga Allohdan rahmat, yaradorlarning sog‘ayib ketishi uchun duo qildi.
Turkiya bu jarayonda Pokistonning vazmin siyosatini qo‘llab-quvvatlashini, Jammu va Kashmirdagi terakt bo‘yicha xolis, shaffof va ishonchli xalqaro tergov o‘tkazish taklifi o‘rinli ekanini bildirdi.
Erdo‘g‘an, Turkiya taranglikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini va bu boradagi diplomatik aloqalarning davom etishini bildirdi.