Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Er yegasida qoldi: oltiariqda 168 mln so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi! Sprosit ChatGPT

Er yegasida qoldi: oltiariqda 168 mln so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi!     Sprosit ChatGPT

Soliq qarzdorligi muammosi ko‘pchilikka tanish. Lekin ba’zida bu masalaning yechimi fermer xo‘jaligining butun faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Oltiariq tumanida Majburiy ijro byurosining qat’iy choralari tufayli aynan shunday vaziyat o‘z yechimini topdi va yer o‘z egasida qoldi.

Majburiy ijro byurosining Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituvida "A.O." fermer xo‘jaligiga nisbatan jami 11 ta ijro ishi mavjud bo‘lib, umumiy soliq qarzdorligi 168 000 000 so‘mni tashkil etardi.

Byuro xodimlari bir necha bor qarzdor rahbarni ogohlantirib, soliq qonunchiligi va ijro yig‘imi haqida tushuntirishlar berdilar. Ammo, rahbarning javobi doim bitta: "Ho‘p bo‘ladi"dan nariga o‘tmadi. Bu so‘zlar ortida hech qanday amaliy harakat bo‘lmadi.

Shundan so‘ng, MIB xodimlari majburiy ijro harakatlariga kirishishga majbur bo‘lishdi. Qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli ekin yer maydonlari qonuniy asosda xatlanib, auksion savdolariga qo‘yildi. Aynan shu vaziyat " fermer xo‘jaligi uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Yerdan ayrilish xavfi fermer xo‘jaligining butun faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini anglab yetgan rahbariyat davlat oldidagi majburiyatini jiddiy eslashga majbur bo‘ldi.

Natijada, 2025 yil 15 iyul kuni "A.O." fermer xo‘jaligi tomonidan 150 000 000 so‘m soliq qarzi va tegishli ijro yig‘imi to‘liq to‘lab berildi. Shu munosabat bilan ijro ishlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddasiga asosan tamomlandi.

Kiritildi: 19:14 16.07.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!